Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Erasmus+ oliy ta’lim islohoti bo‘yicha ekspertlar milliy jamoasi (HEREs) hamkorligida ERASMUS dasturi bo'yicha loyihalar yozish va taqdim etishga doir seminar o’tkazildi.

    Seminar-treningda 19 loyihada (jumladan 14 tasi tugallangan va 5 tasi davom etayotgan) ishtirok etgan 8 ta Samarqand OTMlarining mahalliy loyiha koordinatorlari va jamoa aʼzolari, oliy taʼlimning manfaatdor tomonlari, akademik boʻlmagan hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

    Unda turli darajalarda (individual, institutsional, tizimli va milliy) tugallangan loyihalarning ta'sirini baholash, Samarqand oliy o'quv yurtlari ishtirokidagi CBHE loyihalari o'rtasida sinergiyani oshirish va tarmoqqa kirishga ruxsat berish, amalga oshirilayotgan va tugallangan loyihalar natijalari va yutuqlarini manfaatdor tomonlarga targ'ib qilish va tarqatish, mintaqadagi universitetlarning CBHE dasturidagi ishtirokining pasayishi sabablarini tahlil qilish masalalari bo’yicha fikrlar o’rtaga tashlandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.