Samarqand davlat universitetiga Erasmus dasturi doirasida Puatye universitetining O’rta Osiyo oliy ta’lim muassasalariga mas’uli Licha Bagini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov uchrashdi. Muzokaralarda tomonlar o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

    SamDU talabalariga Puatye universitetida o’qish imkoniyatlari, o’qitish tizimi haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida “Campus France” markazida uchrashuv o’tkazildi.

    Shuningdek, delegatsiya a’zolari SamDU Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish institutida doktorant va magistrantlar bilan suhbat qurdi.

    Arxeologiya va antropologiya yo’nalishida professor-o’qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish maqsadida tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Fransiyalik mehmonlarda universitetning Arxeologiya muzeyi katta qiziqish uyg’otdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.