Samarqand davlat universitetiga Turkiyaning Otaturk universiteti rektori, professor O‘mer Cho‘mekli boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov nufuzli mehmonlar bilan ushrashdi.

    Dastlab, tomonlar o‘zlarining universitetlari haqidagi maʼlumotlarni almashib, universitet tuzilmalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya taʼlim islohotlaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha fikr yuritildi.

    Uchrashuv davomida, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishilib, hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.