Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida “OTA-ONALAR KONGRESSI” o’tkazildi.

    Kongress ota-onalarning intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti bilan tanishishdan boshlandi.

    Sun’iy intellekt, kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari, dasturiy injinering ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari fakultetdagi IT markaz, dasturlash va robototexnika xonalari faoliyatini ko’zdan kechirdilar.

    Tadbirda Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Rustam Yo’ldoshev, rektor maslahatchisi Islom Rustamov, fakultet dekani Abdusattor Boboyorov va ota-onalar ishtirok etdi.

    Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yoshlarning psixologiyasi bo’yicha so’z yuritildi.

    - Samarqand davlat universiteti men uchun qadrli, 2005-yil SamDU filologiya fakultetini tamomlaganman, - deydi Muhabbat Salohiddinova. - Bugun farzandimni fakulteti bilan tanishdim. Barcha imkoniyatlar yaratilgan. Fakultet nomiga mos tarzda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan. Ko’rib quvondim. Yaxshi  muhit shakllangan. Hozir o‘quv xonalari bilan tanishib farzandlarimizga havas qildim. Bizning davrda bunaqa sharoitlar yo‘q edi.  Ushbu imkoniyatlarni yaratib bergani uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan minnatdorman…

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.