Italiyaning Bolonya universiteti qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ilmlari fakulteti professorlari Elena Baldi hamda Gianluca Allegro Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining 4-bosqich talabalariga uzumchilik va intensiv mevachilik fanlaridan ma’ruza va amaliyot darslarini olib bormoqda.

    Professor Gianluca Allegro talabalarga qurg'oqchilik sharoitida uzum navlarini yetishtirish texnologiyasi va yangi uzum navlarini yaratish mavzularida mashg’ulot olib borayotgan bo’lsa Elena Baldi esa iqlim o'zgarishi sharoitida qurg'oqchil mintaqalarda intensiv meva bog’larini yaratish, ularni resurs tejamkor va innovatsion usullar yordamida parvarishlash, hosildorligini oshirish mavzularida talabalarga saboq bermoqda.

    Ma'lumot uchun, Italiyaning Bolonya universiteti dunyoning nufuzli universitetlari xalqaro reytingida 77-o'rinda qayd etilgan. Universitet 1088-yilda tashkil etilgan bo’lib, turli ishlab chiqarish sohalari, ayniqsa qishloq xo’jaligida ilmiy-tadqiqotlar olib borish va malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha katta yutuqlarni qo’lga kiritgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.