Turkiya jumhuriyatining 100 yilligiga bag’ishlangan mazkur anjumanda Ipak yo’li va madaniy meros universiteti birinchi prorektori, professor Jo’liboy Eltazarov, Turkiyaning Samarqanddagi Bosh konsuli Salih Janer, SamDAQU rektori Chidem Janbay, turkiyalik olimlar va SamDU ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Tadbirning ochilishida Istiqlol marshi va Turkiya Republikasi tashkil topishi haqidagi film namoyish etildi.

    Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning bayram tabrigini SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektori, professor Ahmadjon Soliyev havola qildi.

    Marosimga so’zga chiqqanlar Turkiyaning tarixi, bugungi hayoti, madaniyati, urf-odatlari haqida so’zlab berdi.

    Shuningdek, Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti tinglovchilari tomonidan turkcha she’rlar o’qib eshittirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.