Hurmatli talabalar, sizni inson dunyoqarashini kengaytirish va adabiy didini rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli romanlarni tahliliy o‘qishni hamda sheʼr yodlashni ko‘zda tutuvchi “Kitobdan bahra oling, sheʼr o‘qib davra oling” nomli tanlovimizda ishtirok etishga taklif qilamiz.

    Mazkur tanlov sizga do‘stona va ijodiy muhitda adabiyotning maftunkor olamiga sho‘ng‘ish hamda o‘z tajribangizni boshqalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini beradi.

    Tanlov shartlari:

1. Har bir ishtirokchi tanlov ro‘yxatiga kiritilgan uchta romanni to‘liq o‘qib chiqishi;

2. Ishtirokchi talabalar o‘qilgan har bir asardan olgan shaxsiy taassurotlari va asar tahlili (syujetini hikoya qilib berish bunga kirmaydi) aks etgan qisqacha sharh tayyorlab, izohlashi.

3. Saralangan 20 ta sheʼrni boshidan-oxirigacha yoddan, ifodali o‘qib berishi shart.

    Tanlovdagi romanlar ro‘yxati:

1. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”;

2. Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”;

3. Jek Londonning “Martin Iden”;

    Tanlovdagi sheʼrlar ro‘yxati:

    Alisher Navoiy:

1. Istasangiz...

2. Orazin yopqach ko‘zimdin...

    Zahiriddin Muhammad Bobur:

3. Yana radifli g‘azali…

    Boborahim Mashrab:

4. Hech kima maʼlum emas...

    Abdulla Oripov:

5. O‘zbekiston,

6. Do‘stlar va raqiblar,

7. Chidaysan bolam,

8. Men nechun sevaman O‘zbekistonni,

9. Onajon…

    Erkin Vohidov:

10. Do‘st bilan obod uying…

    Iqbol Mirzo:

11.Vatan,

12. O‘zbek…

    Muhammad Yusuf:

13. Ona,

14. Onaizor,

15. Tavallo,

16. Mening ertagimsan,

17. O‘lan,

18. O‘zbek haqida ballada,

19. Iqror,

    Usmon Azim:

20.   Bir qishloqda yashaydi o‘g‘lon…

    Sovrinlar:

    Uchala romanni o‘qib, yaxshi tahlil qilib bera olgan  har bir talabaga (shu jumladan, 20 ta sheʼrni yodlay olgan har bir talabaga) 1,5 million so‘m pul mukofoti.

    Romanlardan ikkitasini o‘qib, yaxshi tahlil qilib bera olgan har bir talabaga (shu jumladan, 15 ta sheʼrni yodlay olgan har bir talabaga) 1 million so‘m pul mukofoti.

    Bitta roman o‘qib, tahlil qilib bera olgan har bir talabaga (shu jumladan, 10 ta sheʼrni yodlay olgan har bir talabaga) 500 ming so‘m pul mukofoti.

    Eslatma: Tanlov g‘oliblari har oyning oxirgi haftasida o‘tkaziladigan kitobxonlar kechasida eʼlon qilinadi.

    Kitob o‘qib, sheʼr yodlang va sovrinlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!

 

Samarqand davlat universiteti

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi.