Samarqand davlat universitetida o’tkazilgan mazkur anjuman ijtimoiy barqarorlikning sinergetik muammolarini muhokama qilish, xorijiy va mahalliy mutaxassislar, oʼqituvchi, talaba va tadqiqotchilar, soha olimlarining ishtirokini taʼminlash, fan yutuqlarini taʼlim sohasiga keng tatbiq qilish maqsadida tashkil etilgan.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi Yangi Oʼzbekiston sharoitida jamiyatda barqarorlik va beqarorlik holatlarini nazariy-metodologik tahlil qilish, sinergetika yangi tafakkurni yaratayotganligi, fanlar sohasida integratsiyani taʼminlashi va sohadagi muammolarni yechimiga qaratilgan.

    Аnjumanda falsafani yangi taraqqiyot tamoyillarini, dunyoqarash, metodologiyani yangilash - eng asosiy muhokama mavzusi boʼldi.

    Konferensiya ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning omillari va falsafiy tamoyillari, jamiyatda barqarorlik va beqarorlikning sinergetik talqini, yangi O’zbekistonda ijtimoiy barqarorlik tendensiyalari, davlat va jamiyatning ijtimoiy barqarorlikni taminlashdagi o’rni va roli, globallashuv davrida fan, ta’lim va innovatsiya muammolarini yechishda sinergetik metodologiyani o‘rni kabi yoʼnalishlarda ish olib bordi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.