Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri, dotsent Odil Ergashevning shu nomdagi monografiyasi chop etildi.

    Mazkur monografiyada O‘zbekistonda tosh davri ustaxonalarini o‘rganish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan barcha arxeologik ekspeditsiyalar natijalari umumlashtirilib bir tizimga keltirildi. O‘zbekiston tosh davri ustaxonalarining madaniy-davriy talqini borasidagi mutaxasisslar tomonidan ilgari surilgan qarashlari ilmiy tahlil qilindi. Monografiyada tosh davri ustaxonalarining xronologiyasining bahsli jihatlari, ular bilan bog‘liq turlicha qarashlar tahlili berilgan.

    Monografiya tarixchilar, arxeologlar, gumanitar yo‘nalishdagi barcha olimlar, shuningdek, talabalar va yosh tadqiqotchi-izlanuvchilar, umuman, O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi bilan qiziquvi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.