Samarqand davlat universiteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi o’qituvchisi, PhD Akmal Yakubovning ushbu nomdagi o’quv qo’llanmasi chop etildi.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma “Fan va texnika tarixi” fanining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyatini yoritish, butun dunyo globallashuv sharoitida jahon ilm-fani va texnika sohasida yuz berayotgan zamonaviy ixtirolarning mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadida tuzilgan. Shuningdek,  jahon ilm-fani va texnika taraqqiyoti tarixida bir necha asrlar davomida yuz bergan texnika yutuqlari va uning insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri masalalarini talabalarga yetkazib berishdan iborat. 
    Muallif har bir mavzuga ilova etilgan ilmiy adabiyotlar majmuini tahlil etgan holda, fan va texnika taraqqiyoti tarixi muhim o‘rin tutgan zamonaviy fanlarning rivojlanish tendensiyalarini tarixiy tahlil qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga talabalarni mutaxassislikning o‘quv rejasidan joy olgan ushbu fanning bosh maqsadi fan va texnika rivojining mazmun-mohiyatini o‘rganishga yo‘naltiradi. 

Samarqand davlatuniversiteti
Axborot xizmati.