Xalqaro nogironlar hamda Konstitutsiya kuni munosabati bilan bir qator professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar ishtirokida SamDU boshlang‘ich Kasaba uyushmasida uchrashuv o‘tkazildi.

    Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov ishtirok etib, ular doim universitet eʼtiborida ekanligini alohida taʼkidladi.

    Dasturxon ustida o‘tkazilgan muloqotda xodimlarning fikr-mulohazalari eshitildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga SamDU boshlang‘ich Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.