Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning fevral oyida Yaponiyaning Tottori universitetiga tashrif buyurib, qator hamkorlik shartnomalarini imzolagan edi.

    Tomonlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida Yaponiyaning Sakura almashinuv dasturi bo‘yicha SamDU olimlari tomonidan grant qo‘lga kiritilgan. Sakura granti doirasida SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xafvsizligi institutining 10 nafar talaba va professor-o‘qituvchilari Tottori universitetida bo‘lib turishibdi.

    Bugun Tottori universitetining “Qurg‘oqchil mintaqalarni tadqiq qilish” xalqaro markazida Sakura dasturi ishtirokchilarini qabul qilish va tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.