Samarqand davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalari bilan "Davlat fuqarolik xizmatiga kirish mavzusida" ochiq muloqot o'tkazildi. Tadbirda SamDU o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand filiali rahbari o'rinbosari Azizbek Ibragimov hamda kadrlar ma'muriyatchiligi bo'limi bosh inspektori Foziljon Axatovlar ishtirok etdi.

    Muloqotda bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash, ularni ishga joylashtirish masalalari bo'yicha so'z yuritildi. Shuningdek, argos.uz sayti orqali vakant ish o'rinlarini topish, nomzodlarga qo'yiladigan talablar va ularni bajarish usullari bo'yicha maslahatlar berildi.

    Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar...

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.