O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yuridik boshqarmasi boshlig‘i,

yuridik fanlar doktori, professor K.Q.Rashidovga!

Hurmatli Komil Qayumovich!

 

Tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklayman. Mas’uliyatli va sharafli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman.

Samarqand davlat universiteti jamoasi Sizni taniqli diplomat va huquqshunos olim sifatida yaxshi biladi, qadrlaydi. SamDU bitiruvchisi ekanligingizdan, mehnat faoliyatingizni jonajon universitetimizda boshlaganingizdan haqli ravishda faxrlanadi.

Oltmish yosh umrning donishmandlik fasli boshlanishidir. To‘plangan katta hayot tajribasini farzandlar, shogirdlar, yoshlar bilan baham ko‘rish davridir.

Siz diplomatlik va olimlikni baravar olib borayotgan, har ikkalasida ham yetarli tajriba to‘plagan noyob mutaxassissiz. Bu borada SamDU yosh huquqshunoslari uchun ham namuna va ibrat bo‘lishingizga ishonaman.

Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilayman.

Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin.

 

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.