Obloqul Quvondiqov – Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti umumiy fizika kafedra professori, fizika-matematika fanlari doktori.

    Obloqul Quvondiqov ilmiy rahbarligida 1 doktorlik va 14 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Olim fizika fanining elektromagnetizm sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 3 ixtiro, 4 monografiya, 400 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifidir.

    Shuningdek, bugunga qadar 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan.  50 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

    Obloqul Quvondiqov tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan zamonaviy asboblar bilan jihozlangan elektromagnetizm ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi. SamDU dagi mazkur laboratoriyada 7 nafar ilmiy tadqiqotchilar elektr va magnetism sohasida izlanishlar olib bormoqda.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.