Nona Avanesova - Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi professori. Markaziy Osiyoda bronza davri chorvador jamoalar moddiy madaniyati yo’nalishida tadqiqotlar olib boruvchi yirik mutaxassis. Nona Avanesova 4 monografiya, 6 risola, 150 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.

    Olimaning tadqiqot natijalari xorijiy mamlakatlarda ham mashhur. Bugungi kunda Fransiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Xitoy kabi davlatlarning arxeologiya ilmiy maktablarida Nona Avanesova tadqiqotlari natijalaridan foydalaniladi.

    Nona Avanesova 1 xalqaro va respublika jurnallarida tahririyat a’zosi hisoblanadi. Scopus bazasidagi h-indeksi 2.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.