Tadbirni Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, professor Azamat Pardayev kirish so’zi bilan ochib berdi.

    Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, Muslihiddin Muhiddinov, professor Ibodulla Mirzayev, filologiya fanlari doktori Usmon Qobilov, dotsent Sobirjon Tohirovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

    Konferensiyada Navoiyshunos olimlar “Alisher Navoiy hayoti va ijodining chet elda oʻrganilishi”, “Alisher Navoiy she’riyatida obraz-timsollar transformatsiyasi”, ““Xamsa”da Alisher Navoiy va Abdurahmon uchrashuvlari talqini” mavzulari bo’yicha ma’ruza qildi…

    Tadbir so’ngida fakultet talabalaridan tashkil topgan “Navoiy izdoshlari” ijodiy to’garagi a’zolarining chiqishlari barchani xursand qildi…

 Samarqand davlat universiteti

 Axborot xizmati.