Anjumandan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyo parvoz yo‘li strategiyasini muhokama qilish. Konferensiya O‘zbekiston qushlarni asrash jamiyati tomonidan tashkillashtirilgan bo’lib, uchish yo‘llari va ko‘chmanchi qush turlari bo‘yicha 17 xalqaro ekspert ishtirok etdi.

    Butunjahon qushlarni muhofaza qilish assotsiatsiyasi (BirdLife International, Buyuk Britaniya va Belgiya), Bombey Natural History Society (BHNS, Hindiston), Field Ornitology Group (Shri-Lanka, FOGSL), Qirollik Tabiatni muhofaza qilish jamiyati (RSPN, Buyuk Britaniya), Nepal Qushlarni saqlash xizmati (BCN, Nepal), Qozog'iston bioxilma-xilligini saqlash uyushmasi (ASBC, Qozog'iston) vakillari shular jumlasidandir.

    “O‘zbekiston qushlarni asrash jamiyati” respublika nodavlat notijorat tashkiloti O‘zbekistonning turli hududlarida, jumladan, Samarqand viloyatida noyob qush turlarini o‘rganish va muhofaza qilish bilan shug‘ullanadi.

    Samarqand davlat universiteti qoshida “Flamingo” talabalar ornitologik klubi faoliyat yuritmoqda. Talabalar to‘garagi rahbari ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti Leyla Belyalova.

    Malumot uchun: 2024-yilning 12-17-fevral kunlari Samarqand shahrida Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.