Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Abduvohid Xudoyberdiyevning shu nomdagi risolasi nashrdan chiqdi.

    Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kompyuter hayotni boshqarish pultiga aylantirganiga qaramay, bolalar o'qish uchun maktabga borishmoqda. O'qituvchilar zamonaviy texnologiyalarni o'z imkoniyati darajasida qo'llashga urinmoqda. Bugungi kunda o'qituvchilar multimediya doskasi, proektor, printer, skaner, kompyuterdan faol tarzda foydalanishmoqda.

    Taqdimotlar, matn, auduo va video materiallarni tayyorlab ishga tushirmoqda, o'quv materiallarini internetdan topib, uni kompyuterga yuklamoqda. Maktab o'quvchilari uchun testlarni saytlar tuzishayapti.

    Darslar o'yin yordamida tashkil qilinayapti. Bu esa, o'quvchilar ko'nikmalarini rivojlantirmoqda. AQSh maktablarida jamiyatshunoslik fani o'qituvchilari o'quvchilarga onlayn-o'yinda shaxsiy yuridik firmani ochishni taklif etadilar.

    Shunday qilib, bolalar fuqarolik jamiyati asoslarini o'rganishadi va o'z huquqlarini himoya qilishni o'rganadilar. Maktablardagi ta'lim beruvchi o'yinlarda o'quvchilar Amerikani Kolumb bilan, radioni Popov bilan kashf etdilar. O'yin maktabdagi murakkab va zerikarli mavzularni majburlamasdan o'rgatishning eng yaxshi usuli. U bir vaqtning o'zida ham o'qitadi va rag'batlantiradi. Bugungi zamonaviy ta'lim tizimi o'qituvchidan doimiy izlanishni, o'quvchilardan mustaqil fikrlashni talab etadi. Shu bois, AQSh maktablari yangi texnologiyalarning o'chog'i, desak bo'ladi. Har bir yangilik tezlikda amaliyotga tadbiq etiladi. Mazkur risolada ham ana shu faoliyatni yoritishga e'tibor qaratilgan.

    Kitobdagi muhim jihatlardan biri vatandoshlarimizning farzandlari bu muhitga, jarayonga tez moslashayotganligi, zarur bilim va ko'nikmalarga ega bo'layotganligi quvonarli hol.

    Shu sababdan yoshlarimizni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, til o’rganish, yangi texnologiyalardan xabardor qilib borish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ushbu risola ana shu nuqtai nazardan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Mardon Boltayev

Samarqand davlat universiteti dotsenti.