Samarqand davlat universiteti geologiya va gidrometeorologiya kafedrasi tayanch doktoranti Shahnoza Xudoyorova “Daryo oqimining o‘zgarishini geografik axborot tizimlari yordamida baholash (Zarafshon daryosi misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

    Uning 10 dan ortiq maqolasi AQSH, Rossiya, Germaniya, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning nufuzli jurnallari va konferensiya to‘plamlarida eʼlon qilingan. Ingliz, rus tillarida erkin muloqot qila oladi.

    Doktorant tadqiqoti davomida Zarafshon daryosi qirg‘oq o‘zgarishlarini masofaviy zondlash texnologiyalaridan foydalangan holda tahlil qilmoqda. Masofaviy zondlash - bu masofadan turib maʼlumot olishni o‘rganish yoki yig‘ishdir. Bunday tekshiruv yerga asoslangan qurilmalar va samolyotlar, sunʼiy yo‘ldoshlar yoki boshqa kosmik qurilmalardagi sensorlar yoki kameralar bilan amalga oshiriladi. Tadqiqot obyekti sifatida Zarafshonning yuqori va o‘rta qismi oqimlari olingan. Bu O‘zbekiston – Tojikiston chegara hududlariga to‘g‘ri keladi. Tadqiqot natijasida 2000, 2005, 2010, 2015, 2020-yillardagi maʼlumotlar MNDWI, WRI suv indekslari yordamida qirg‘oqda bo‘lgan o‘zgarishlar sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari orqali o‘rganilmoqda. Shuningdek, qayta ishlangan materiallar ArcGIS dasturi yordamida xaritalashtirilib, mazkur daryo havzasining qirg‘oqlaridagi 2000-2020yillar mobaynida kuzatilgan o‘zgarishlar aniqlanmoqda…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.