Samarqand davlat universitetida Shimoliy Kavkaz federal universiteti bilan hamkorlikda matematik bellashuv o’tkazildi. “Matematika haftaligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda Samarqanddagi bir qator oliy ta’lim muassasalarining talabalari ham ishtirok etdi.

    “Matematika janglari” bilan kechgan mazkur tanlov ikki bosqichda o’tkazildi. Birinchi bosqichda 32 nafar o‘quvchi 8 jamoaga bo‘linib, matematik masalalarga yechim topildi va g’oliblar aniqlandi.

    Ikkinchi bosqich esa olimpiada shaklida o’tkazilmoqda.

    Ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

    - Mazkur bellashuv SamDU negizida tashkil etilgan Rossiya ta’lim kollektiv markazi dasturlari doirasida bo’lib o’tmoqda, - deydi SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig’i Muxtor Nosirov. – Tanlov birinchi marta o’tkazilganligi bois barchada katta qiziqish uyg’otdi. Buni an’anaviy ravishda yo’lga qo’yishni reja qildik. Sababi bu tanlov yoshlar hamkorligini rivojlantirishga, universitetlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi. Yoshlarning madaniy va ma’rifiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qolaversa, bu magistraturada Shimoliy Kavkaz federal universitetida o’qishini davom ettirmoqchi bo’lganlar uchun foydali bo’ladi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.