Ergashboy Abdurahmonov - kimyo fanlari doktori, Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti analitik kimyo kafedrasi professori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.

    Olimning 11 monografiya, 3 darslik, 6 o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan.

    20 ga yaqin maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. 5 ilmiy loyiha va 28 ilmiy ixtirolar muallifi.

    Ergashboy Abdurahmonov rahbarligida “Gazlar analizi” ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyada olib borilgan tadqiqot natijalari bo’yicha 3 kimyo fanlari doktori va 15 kimyo fanlari nomzodi va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.