O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Mikrobiologiya instituti direktori, akademik

Q.D.Davronovga!

Assalomu alaykum!

Hurmatli Qahramon Davronovich!

 

Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilangizga tinchlik, xotirjamlik, ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Siz biologiya sohasi bo‘yicha nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham tan olingan olimsiz. Shuningdek, ko‘plab shogirdlarning aziz  ustozi sifatida ham eʼtirof etilasiz.

Samarqand davlat universiteti biotexnologiya ilmiy maktabining shakllanishi va taraqqiyotida ham Sizning munosib o‘rningiz bor.

Tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etaman. Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin.

 

Rustam XOLMURODOV,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati aʼzosi.