Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilari hamda xodimlari o'rtasida 4-10-yanvar kunlari "Sog'lom turmush - buyuk kelajak" shiori ostida "shashka", "shaxmat", "stol tennisi","voleybol", "futbol" sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu musobaqalarni tashkil etish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 - yil 5 - noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 30 - oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi 575 –sonli buyrug‘i, Samarqand davlat universiteti rektorining 454-IJ buyrug‘i asos qilib olingan.
Shunga ko‘ra, 2021 - yil 4-7 - yanvar kunlari ayrim sport turlaridan musobaqalar o‘tkazilib, nihoyasiga yetkazildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra "shashka" sport turidan:
1-o‘rin — Matematika fakulteti;
2-o‘rin — Rektorat jamoasi;
3-o‘rin — Filologiya fakulteti jamoasiga nasib etdi.

"Stol tennis" sport turidan:
1-o‘rin — Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasi
2-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi;
3- o‘rin — Rus filologiya fakultetlari jamoalari egallashdi.

"Voleybol" sport turidan:
1-o‘rin — Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi
2-o‘rin — Biologiya fakulteti jamoasi;
3-o‘rin — Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoalariga nasib etdi. 

"Shaxmat" sport turidan:
1-o‘rin — Matematika  fakulteti jamoasi
2-o‘rin — Filologiya fakulteti jamoasi;
3-o‘rin — Kimyo va Pedagogika fakultetlari jamoasi egalladi.

Musobaqalar davom etmoqda...