Ingliz tili kafedrasi a’zolari

 

 

Atayeva Gulbaxor Mirsafayevna

atayeva.gulbaxor@samdu.uz

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU ingliz tili kafedrasida 1980-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1990-yilda "Междоменные единицы в фразеологии" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.Gulbaxor Atayeva faoliyati davomida 10 o‘quv, uslubiy qo‘llanma va 50 dan ortiq maqolalar muallifi. Bugunga qadar 1  maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnalda e’lon qilingan. 

 

 

Isakova Nodira Azzamovna
isakovanodira4@gmail.com

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2005-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2021-yilda “Mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga kirib kelgan xorijiy so‘zlarning tarkibiy-mazmuniy tahlili (“Xalq so‘zi” gazetasi materiallari asosida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.Faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma va 10 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olima bugungi qadar 12 dan ortiq  Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda boshqa nashrlarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=IFrI5msAAAAJ&hl=en

 

Ruziyeva Sitora Asrorovna

    

 Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent. 2014-yildan beri Samarqand davlat universiteti ingliz tili  kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab keladi. 2020  yilda “ KONSEPT « КОНЦЕПТ «СЕМЬЯ» И ЕГО ОТРАЖЕНИЕ В АНГЛИЙСКОЙ И УЗБЕКСКОЙ ЯЗЫКОВЫХ КУЛЬТУРАХ”  mavzusida (PhD) filologiya fanlari falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.  1 o‘quv qo‘llanma va 6  uslubiy qo‘llanmalar, 40  dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Olima bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 1 maqola e’lon qilgan.

 DOI: 10.5281/zenodo.7554332

     Urazkulova Aziza Anqayevna

urazkulovaaziza5@gmail.com

Ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1998-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Aziza Urazkulova faoliyati davomida 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek,  bugungi qadar 2 nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda 30 dan ortiq boshqa nashrlarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan. 

Rofeyeva Shohida Davronovna

 

Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi. 2019-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 15 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Faoliyati davomida 7 nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

Toxirova Sarvinoz Xusenovna

tkhirovasarvinoz29@gmail.com

SamDU ingliz tili kafedrasida 2018-yildan buyon ishlab keladi. Mustaqil tadqiqotchi sifatida ushbu mavzuda “Sadriddin Ayniy avtobiografik asarlarining Yevropadagi tadqiqi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi.

Sarvinoz Toxirova faoliyati davomida 1 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 12 ilmiy maqola va 3 ta Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

Kadirova Feruza Rustamovna
firuza.kadirova.2020@mail.ru

SamDU ingliz tili kafedrasida 2018-yildan buyon o‘qituvchi lavozimida ishlab keladi. Mustaqil tadqiqotchi sifatida ushbu mavzuda “Teaching English reading skills to the 1st year students of higher education” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi.  Feruza Kadirova faoliyati davomida xalqaro va OAK bazasiga kiruvchi jurnallarda 10 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Kuchimova Nilufar Turanbayevna

kuchimovanilufar7@gmail.com

SamDU ingliz tili kafedrasida 2018-yildan buyon o‘qituvchi lavozimida ishlab keladi. “Oliy ta’lim tashkiloti talabalarining kommunikativ kompetentligini rivojlantirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyani himoya qilgan.  Nilufar Kuchimova  faoliyati davomida 11 ilmiy maqolalar muallifi. 1 maqolasi Web of Science bazasiga kiruvchi jurnalda e’lon qilingan.

Sattorova Fazilat Ermamatovna

fazilat_sattorova@mail.ru

Fazilat Sattorova pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2014-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritadi. 2022-yilda  “Nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida respublika va xorijiy jurnallarda 20 ilmiy maqola  e’lon qilgan . 

Nurova Gulchexra Tishabayevna

gulanurova_19972@gmail.com

 2020-yildan beri SamDU ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritadi. Qiyosiy adabiyot, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 10 xalqaro maqola chop etgan. 

Rasulova Inobat Ilxomovna
  ilxomovna1992@gmail.com

SamDU ingliz tili kafedrasida 2020-yildan buyon o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Inobat Rasulova  faoliyati davomida xorijiy jurnallarda 9  ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Samarqand davlat universiteti ingliz  tili kafedrasi haqida

Samarqand davlat universiteti ingliz   tili kafedrasi chet tili kafedrasi nomi bilan 1962-yil SamDU chet tillar fakulteti qoshida tashkil topgan. Bu kafedra fakultetlararo kafedra bo‘lib, asosan talabalarga ingliz  tilidan saboq bergan. Kafedraga dastlab professor L.A.Kletnova, katta o‘kituvchi R.M.Mamatov, dotsent B.T.Tursunov, keyinchalik professor A.M.Bushuy, professor Safarov Sh.S, dotsent A.N.Nurmuxamedov,  dotsent M.B.Begmatov, dotsent Atayeva G.M, dotsent T.S.Ismailov  mudirlik qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda kafedrani professor R. Gargesh  boshqarmoqda.

Ingliz  tili kafedrasi o‘z faoliyati davomida M.M.Nusharov, A.M.Bushuy, B.T.Tursunov kabi taniqli professorlarni, A.Nurmuxamedov, Poshali Usmon kabi taniqli yetuk mutaxassislarni yetkazib berdi. Kafedrada dotsent L.L.Arustamyan, dotsent Yuzlikayeva A.M, dotsent D.I.Faxrutdinova, katta o‘qituvchilar: X.Mirmuxammedova, D.Sh.Mamajonova, K.Z.Xodjayeva, Kushshayeva M.S,  K.O.Mamadaliyevalar talabalarga ingliz tilidan saboq berganlar. Hozirgi kunda kafedrada Ravinder Gargyesh professor lavozimida,  G.M.Atayeva N.Isakova, Sh.Xushmurodova, S.Ruziyeva  dotsent lavozimida, N.Xolmurodova, B.Azizova, O.Umarova, S.Usmonov, K.Mahkamova, F.Negova, S.Sodikova, D.Sobirova, A.Urazkulovalar katta o‘qituvchi lavozimida,  M.Akabirova, N.Kuchimova, S.Toxirova, Sh.Rofeyeva, F.Kadirova, A.Burxanova, D.Rasulova, I.Rasulova, S.Xasanovalar o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

 

Kafedra Yaponiyadan  kelgan o‘qituvchi Nozomi Kusaka talabalarga dars berib kelmoqda.

Kafedraning o‘qituvchilari xalqaro ilmiy konfrensiyalarda  o‘z maqolalari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 26%.

Ingliz tili kafedrasi umumiy ilmiy mavzusi “Zamonaviy tilshunoslik masalalari va xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyati” mavzusida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda kafedra ilmiy ishlarini saviyasini oshirish maqsadida so‘nggi uch yil davomida  3 ta monografiya,   20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Kafedra a’zolarining 100 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro konferensiya to‘plamlarida, 50 ta xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedraning yosh assistentlari doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  •  Ingliz tili
  •  Asosiy o‘rganilayotgan til
  •  Ingliz tili frazeologiyasi va stilistikasi
  •  Sohada yo‘naltirilgan ingliz tili
  •  Umumiy o‘rta ta’limda ingliz tili
  •  Ingliz tili adabiyoti va tarixi
  •  Amaliy grammatika
  •  Nazariy grammatika
  •  Stilistika
  •  Tarjimashunoslikka kirish.
  •  Amerika adabiyoti tarixi

 

Magistratura

  •  Badiiy tarjimaning kognitiv masalalari
  •  Qiyosiy adabiyotshunoslik kognitiv masalalari
  •  Fonetika fonologiya va umumiy tilshunoslik masalalari
  •  Amaliy badiiy tarjima
  •  Tarjima amaliyoti va badiiy tahlil
  •  Tarjimon mahorati va etikasi

Kafedra hayotidan fotolavhalar