Kafedra mudiri

Xudaynazarov Xayrulla

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +998977517250
  •  Elektron pochta: kh.khudoyn@gmail.com

Biografiya

1967-1972 yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1972-1976 yillar Nurota tumanidagi  68, 73 – o’rta maktablarda matematika o’qituvchisi;
1976-1979 yillar Samarqand davlat me’morchilik-qurilish instituti assistenti;
1979-1982 yillar Toshkent politexnika instituti aspiranti;
1982-1987 yillar Samarqand davlat me’morchilik-qurilish instituti assistenti;
1987-1989 yillar Samarqand davlat me’morchilik-qurilish instituti kattao’qituvchisi;
1989-1991 yillar Samarqand davlat me’morchilik-qurilish instituti dosenti;
1991-1992 yillar Samarqand davlat me’morchilik-qurilish instituti professori;
1992-1995 yillar Samarqand davlat universiteti «Nazariy mexanika» kafedrasi professori;
1995-2001 yillar Samarqand davlat universiteti «Nazariy va amaliy mexanika» kafedrasi mudiri;
2001-2004 yillar Samarqand davlat universiteti akademik lisey, kasb-qunar kollejlari va marketing xizmati bo’yicha prorektori, «Nazariy va amaliy mexanika» kafedrasi mudiri, professor;
2004-2005 yillar Samarqand davlat universiteti «Amaliy mexanika» kaf. mudiri, professor ;
2005-2009 yillar Samarqand davlat universiteti akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektori, «Amaliy mexanika» kaf. mudiri;
2009-2013y. aprel Samarqand davlat universiteti «Mexanika» kafedrasi mudiri, professor;
2013 apr-2013y. Noyabr Samarqand davlat universiteti «Mexanika» kafedrasi professori;
2013 y noyabr- 2016y. Avgust Toshkent davlat texnika universiteti  “Amaliy matematika” kafedrasi  professori;
2016 y sent.- 2018y. 31yanv Toshkent davlat texnika universiteti  “Oliy matematika” kafedrasi Professori;
2018y. 1 fev.-2018y. 5 iyul Samarqand davlat universiteti «Nazariy va amaliy mexanika» kafedrasi professori;
2018 y. 6 iyul - xoz.vaqtgacha Samarqand davlat universiteti «Nazariy va amaliy mexanika» kafedrasi mudiri.

 

“Nazariy va amaliy mexanika” kafedrasi Samarqand Davlat universitetining tarixiy kafedralaridan biridir. 1946 yilda professor I.S.Kukles tashabbusi bilan “Nazariy mexanika” kafedrasi, 1950 yilda “Mexanika” bo’limi tashkil etilgan. Kafedraning ochilishidan boshlab umrining oxirigacha (1977 y.) I.S.Kukles, fizika-matematika fanlari doktori professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi FA akademigi (1960 y.) darajasiga ega bo’ladi.

Turli yillarda “Nazariy mexanika” kafedrasida I.S.Kukles, X.R.Raximov, I.I.Shirov, N.A.Tubasov, M.B.Gukyamuxov, I.M.Dorfman, A.F.Jyutunji, B.U.Usmonov, L.M.Kucherenko, E.N.Rudenko, A.M.Matviyenko T.N.Nurov, J.Qayumov, O.M.Do’smatov, R.Sh.Indiaminov, A.Tilavov, F.A.Amirqulova, F.Sattorov, M.Raxmatovlar faoliyat ko’rsatishgan.

“Mexanika” bo’limidan akademik T.Sh.Shirinkulov, professorlar: F.B.Badalov, K.Sh.Bobomurodov, H.T.To’rayev, A.I.Latipov, J.Akilov, B.X.Xo’jayorov, X.X.Xudoynazarov, O.M.Do’smatov va bir qancha fan nomzodlari dosentlar yetishib chiqdilar.

1977 -1995 yillarda kafedrani dosent T.N.Nurov, 1995-2013 yillarda texnika fanlari doktori, professor X.X.Xudoynazarov, 2013-2018 yillarda dosent Sh.D.Berdiyevlar boshqarib kelishdi. 2018 yildan boshlab kafedraga professor X.X.Xudoynazarov kafedra mudiri etib tayinlandi.

Kafedra a’zolari materiallarning aniqlashtirilgan fizik-mexanik xarakteristikalarini hisobga olishga asoslangan, konstruksiya va uning elementlarining, ayniqsa, modda strukturasining regulyarligi buzilgan lokal zonalarda, kuchlangan-deformasiyalanganlik holati to’g’risida  aniq ma’lumot beruvchi eksperimental-nazariy, yangi, mukammallashtirilgan  metodlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, tekis va fazoviy sistemalarda  armaturalarni optimal joylashtirish va effektiv loyihalash metodlari, o’rab turuvchi deformasiyalanuvchi muhit, ichki va tashqi ideal va qovushoq suyuqliklar bilan o’zaro ta’sirlashuvchi silindrik qatlam, qobiq va sterjenlarning o’qqa nisbatan simmetrik va simmetrikmas tebranishlari nazariyalarini yaratish bilan shug’ulanadilar.

Kafedra a’zolar O’zR FA, Moskva DU, Tomsk DU, Kaliforniya universiteti (AQSh), Okland universiteti (Yangi Zelandiya) olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Hozirda kafedrada quyidagi professor-o’qituvchilar faoliyat kursatmoqdalar:

1. Xudoynazarov X.X., professor

2. Xasanov A.Z., professor

3. Mardonov B., professor

4. Axmedov A., professor

5. Abdirashidov A., dosent

6. Abdullayev O., dosent

7. Berdiyev Sh., dosent

8. Buronov X., dosent

9. Nishonov U., katta o’qituvchi

10. Kasimova F., katta o’qituvchi

11. Ismoilov E .,assistent

12.Xudoyberdiyeva Sh., assistent

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari