Bugun Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi professori Ne'mat Nizomovning tug’ilgan kuni.

    Ne’mat Nizomov 1940-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 83 yoshni qarshi olgan fizik olim 54 yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Ne’mat Nizomov Molekulyar lyuminisensiya ilmiy maktabi asoschisi. “Ixtirochi” (1986-yil), “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” ko’krak  nishonlari (2010-yil) sohibi.    

    Bugungi qutlug’ kun munosabati bilan universitet jamoasi professor Ne’mat Nizomovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

    Samarqand davlat universiteti

    Faxriylar kengashi