Artishok qimmatbaho o‘simlik bo‘lib, oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida hamda chorva mollariga ozuqa sifatida foydalaniladi. 
  Jigar, qabziyat, qandli diabet, ateroskleroz, psoriaz, ekzema, oshqozon osti bezi kasalliklarini davolashda artishokdan sinariks, xofitol, artichoke kabi preparatlar tayyorlanadi. Artishok tarkibida oqsillar, uglevodlar, vitamin C, karotin, vitamin B1 B2, inulin tarkibida kaliy, rux, selen, mis, marganes, natriy, magniy, fosfor, kalsiy va temir, taninlar, shuningdek, organik kislotalar mavjud. Eng foydalisi glikozid- sinarin, shuningdek, tibbiyotda ishlatiladigan kofein, askorbin va xinin kislotalardir. Artishokning yumshoq (et qismi) o‘rta qismi ishlatiladi. Artishok xom, qovurilgan va qaynatilgan holda iste’mol qilinadi. Xalq tabobatida uning barglari va ildizlari o‘t yo‘llari, ateroskleroz va revmatizmlarda ishlatiladi.
  Artishok - parхez sabzavot bo‘lib, oson o‘zlashtiriladi, uning qayta ishlangan mahsulotlari qandli diabetda kraxmal o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Artishok ilon zahrini kesuvchi, bolalarda stomatitni davolovchi, organizmni tozalovchi vosita va allergiklardan kasallikda foydalaniladi.

 

   Zebuniso Nomozova 
   Samarqand davlat universiteti
   botanika kafedrasi dotsenti.