Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 30-apreldagi qaroriga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno-va plyaj turizmi turlari bo‘yicha mas’ul etib belgilangan.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi Qurbon hayiti nishonlanadigan bayram kunlarini professor-o‘qituvchilar uchun mazmunli o‘tkazish hamda ichki turizm rivoji uchun munosib hissa qo‘shish maqsadida Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik Oqsaroy majmuasiga sayohat tashkil qildi.

    Professor-o’qituvchilar ziyorat davomida Amir Temur qarorgohi Oqsaroy majmuasi va uning tarixi haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishdi.

    - 2018-yildan boshlab Samarqand davlat universitetida faoliyat ko’rsataman. Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 5 kunlik ta’til e’lon qilindi, - deydi SamDU ingliz tili kafedrasi mudiri, professor Ravender Gargesh. – Dam olish kunlarimda ziyoratga borishni, O’zbekiston tarixi va madaniyatini yandada chuqurroq o’rganish uchun qadimiy qadamjoylarga borishni reja qilgan edim. SamDU rahbariyati tashabbusi bilan Shahrisabzga sayohat tashkil etildi. Amir Temur qarorgohi haqida ko’p marotaba eshitganman, kitoblarda o’qiganman. Bugun ushbu tarixiy yodgorlikni ko’rish nasib qildi. Doimgidek hayratdaman, o’zim uchun tarixiy haqiqatni kashf qildim. Tashkilotchilardan minnatdorman. Sayohatimiz maroqli o’tdi…

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.