Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida ushbu nomdagi xalqaro konferensiya o’z ishini boshladi. Nufuzli anjumanda AQSH, Rossiya, Ispaniya, Germaniya, Italiya, Indoneziya, Hindiston, Gretsiya, Gollandiya kabi 17 davlatdan 130 dan ziyod olimlar ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.

    Besh kun o’tkazilishi rejalashtirilgan konferensiyaning ilk kunida sohaning yetakchi olimlari ilmiy jamoatchilikka poster ma’ruzalarini taqdimot qilmoqda.

    Shuningdek, konferensiya quyidagi sho’baga bo’lingan holda o’z ishini davom ettiradi:

- Spintronika va magnitotransport hodisalari;

- Magnitofotonika (chiziqli va nochiziqli magnitooptika, magnitofotonik kristallar);     

- Yuqori chastotali xususiyatlar va metamateriallar;

- Suyultirilgan magnit yarimo‘tkazgichlar va oksidlar;

- Magnit nanostrukturalar va kichik o‘lchamli strukturalar magnetizmi;

- Magnitoyumshoq moddalar (magnit polimerlar, murakkab magnit suyuqliklar va suspenziyalar);

- Yumshoq va qattiq magnit materiallar;

- Magnit xotiraga ega bo'lgan qotishmalar va magnitokalorik effekt;

- Magnetizm va o‘ta-o‘tkazuvchanlik;

- Multiferroiklar;

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.