O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

    akademik Qodir G‘ulomovga!

    Hurmatli Qodir G‘afurovich!

    O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom oilasiga yetgan musibatga sherikmiz.

    Ukangiz, taniqli tarixchi olim, ilm-fan fidoyisi, yoshlarning mehribon ustozi,  O‘zMU professori G‘ulomov Xondamirmirzo G‘afurovichning vafoti haqidagi sovuq xabar biz samarqandlik ziyolilarni ham mahzun etdi.

    Olimning o‘limi, olamning o‘limi deb bejiz aytilmagan.

    SamDU professor-o‘qituvchilari ulug‘ shoir G‘afur G‘ulom  va farzandlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Mazkur sulola bilan o‘rnatilgan do‘stlik aloqalarini qadrlaydi.  

    O‘tganlarimizni Alloh rahmatiga olsin. Joylarini jannatdan qilsin. Oxiratlari obod bo‘lsin.

    Siz va yaqinlariga SamDU jamoasi va o‘z  nomimdan chuqur taʼziya bildiraman...

 

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati aʼzosi.