Samarqand davlat universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi professori Bobur G'oyibovning shu nomdagi o'quv qo'llanmasi nashr etildi.

    Mazkur o'quv qo'llanma Samarqand davlat universiteti o'quv rejalariga kiritilgan tanlov fan - "O'zbekiston toponimari tarixi" nomli namunaviy dastur asosida yaratildi.

    Muallif har bir mavzuga ilova etilgan ilmiy adabiyotlar majmuini tahlil etgan holda O'zbekiston tarixining kam tadqiq etilgan muammolaridan biri - mintaqadagi toponimlar tarixini xolisona yoritishning nazariy asoslarini ochib berishga harakat qiladi. Bu orqali esa talabalarga o'zbek davlatchiligi tarixini o'rganishda onomastik va toponimik atamalarning tutgan o'rni to'g'risida atroflicha ma'lumotlar beriladi va ularni Vatan tarixini yanada chuqurroq o'rganishga yo'naltiradi.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.