Nobel mukofoti laureati, AQSh ning Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjar nomidagi stipendiya;

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, “Buyuk xizmatlari uchun ordeni” sohibi Botirxon Valixojaev nomidagi stipendiya.

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Vohid Abdullayev nomidagi stipendiya;

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Akbar Otaxo‘jayev nomidagi stipendiya.  

    Aziz Sanjar nomidagi universitet stipendiyasi uchun nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • O'quv jarayonida barcha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichi a'lo (ko'pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo’lishi;
  • Ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan bo'lishi;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanayotgan universitetning kimyo, biologiya yo'nalishlari 2-3-bosqich talabasi, 1-bosqich magistranti va  1-2-bosqich doktaranti bo’lishi lozim.

    Akbar Otaxo'jayev, Vohid Abdullayev, Botirxon Valixo'jayev nomidagi universitet stipendiyalari uchun nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • O'quv jarayonida barcha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichi a'lo (ko'pi bilan 25 foizi yaxshi darajada) bo`lishi;
  • Ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan bo'lishi;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanayotgan universitetning 2-3-bosqich talabasi bo’lishi lozim.

    Akbar Otaxo`jayev nomidagi universitet stipendiyasiga – Muhandislik fizikasi instituti, matematika, intelekt tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetlari talabalari davogarlik qilishi mumkin.

    Vohid Abdullayev hamda Botirxon Valixo`jayev nomidagi universitet stipendiyalariga - filologiya, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar, tarix fakultetlari talabalari da'vogar bo'lishlari mumkin.

    Nomzodlarning hujjatlari SamDU Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi, 209-xonada qabul qilinadi.

    Hujjatlar qabul muddati: 07.12.2023 - 23.12.2023.

    Murojaat uchun tel: +998 99 573 94 82 +998 94 186 28 86

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.