Samarqand davlat universiteti va Yaponiyaning Tottori universiteti o’rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida Yaponiyaning “Sakura Science Exchange” dasturi doirasida SamDU olimlari tomonidan qisqa muddatli grant qo’lga kiritilgan.

    Mazkur grant asosida SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori, dotsent Toshpo’lot Rajabov boshchiligidagi o’n nafar talaba va tadqiqotchilar 2023-yilning 10-19 dekabr kunlari Yaponiyaning Tottori universitetida bo’lishadi.

    Safar maqsadi talabalarni qurg’oqchil hudularda qishloq xo’jaligini yuritishning zamonaviy usullari bilan tanishtirish, hamkorlikda kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.