Samarqand davlat universitetiga Rossiyaning Sinergiya universiteti vitse-prezidenti Alixan Xashiyev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar bilan SamDU xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov va intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti rahbariyati uchrashdi.

    Muloqotda tomonlar o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Qo’shma ta’lim dasturlari, SamDU da Sinergiya markazi hamda IT laboratoriyalarni tashkil etish bo’yicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, birgalikda sun’iy intellektga oid tadqiqotlarni amalga oshirish, sport dasturlash sohasini rivojlantirish hamda bu bo’yicha muntazam musobaqalar o’tkazishga kelishildi. Biznes yo’nalishidagi magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish rejalashtirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.