Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Bobur Gʻoyibovning “Sug‘diy yozuv chizma shakllari arxeogrammatologiyasi” nomli monografiyasi xaqaro "GlobeEdit" nashriyoti tomonidan chop etildi.

    Mazkur monografiya jahonning qadim sivilizatsiya markazlaridan biri hisoblangan Sug‘d tarixi va sug‘diy yozuv chizma shakllari grammatologiyasi masalalariga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda finikiya va oramiy yozuvning shakllanishi hamda oromiy yozuvning mil. avv. II asrda o‘z o‘rnini sug‘diy yozuvga bo‘shatib berganligi bilan bog‘liq mualliflarning qarashlari manbalar asosida ko‘rsatib berilgan.

    Shuningdek, sug‘diy harflarni ular aks etgan manbalardagi shakli zamonaviy kompyuter dasturlari asosida aniq chizib ko‘rsatilganligi hamda manbalarining ko‘rsatilgani bilan tadqiqot sug‘diyshunoslikka oid boshqa ishlardan anchayin farqlanadi. Har bir harfning finikiya, oromiy, pahlaviy va sug‘diy shakllari solishtirgan holda o‘rganilgan. Qolaversa, harflarning shakllari qadim sug‘diy harflar bilan shaklan qiyoslangan va ularning xususiyatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, monografiyaning qisqacha bayoni ham ingliz tilida keltirilgan.
Tadqiqot tarixchilar, axeologlar, etnologlar, tilshunoslar va Vatan tarixi bilan qiziqqan keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.

Yuklab olish (PDF)

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.