Bir hafta davomida Yaponiyaning Tottori universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv kursida SamDU talabalari faol qatnashib Samarqandga qaytib keldi. 
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov mazkur talabalar bilan uchrashib, Yaponiya taassurotlar to‘g‘risida gaplashdi. Shuningdek, ushbu safar talabalarga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklashini ta’kidladi. Talabalarga Yaponiya tajribasini chuqur o‘rganib yurtimizda agrar sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish zarurligini takidladi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.