Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori,

    Turk tilshunoslik jamiyati muxbir a’zosi, taniqli turkolog olim J.D. Eltazarovga!

    Hurmatli Jo‘liboy Danaboyevich!


    Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Uzoq umr, sihat-salomat tilayman. Siz ona tilimizning haqiqiy jonkuyari, fidoyi targ‘ibotchisi, ko‘plab shogirdlarning aziz  ustozi hisoblanasiz.
    Samarqand davlat universitetida Turkologiya ilmiy tadqiqot institutini ochilishida ham Sizning munosib o‘rningiz bor.
    Siz Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor, ustozingiz Rahmatulla Qo‘ng‘urov  rivojlantirgan va taraqqiy ettirgan o‘zbek tilshunosligi maktabining davomchisi va zabardast vakilisiz. Mazkur maktab respublikamiz ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olingan.
Samarqand davlat universiteti bilan Turkiya oliy ta’lim muassasalari  o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va taraqqiy ettirishda ham Sizning fidokorona xizmatlaringizni e’tirof etmoqchiman.
    Siz nafaqat mamlakatimizda, balki Turk dunyosida ham mashhur olimlardan biri hisoblanasiz.  O‘zbek tilimizni butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilishdagi beqiyos xizmatlaringiz tahsinga sazovor.
    Siz Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar oliy ta’lim dargohlarida ona tilimizdan dars o‘tib, o‘zbek tilining xalqaro ahamiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shgansiz.
    Sizning 20 yaqin monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalaringiz, 200 dan ortiq ilmiy maqolalaringiz turkologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan.
    Samarqand davlat universiteti jamoasi Siz bilan faxrlanadi.
    Alloh umringizga, rizqingizga, ilmingizga baraka bersin.
    Hamisha Allohning panohida bo‘ling...

 

Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi.