Bugun Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Ibodullo Mirzayevning tug’ilgan kuni.

        Professor Ibodullo Mirzayev Samarqand davlat universitetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimning o’nlab ilmiy tadqiqotlari, monografiya va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan. 40 dan ortiq mashhur rus va xorijiy adabiyotshunos hamda tilshunoslar olimlarning maqolalarini fransuz tiliga tarjima qilgani tahsinga sazovordir.
Ibodullo Mirzayev Bosh muharrirligida "Alisher Navoiy", "Til. Taʼlim. Tarjima." nomli xalqaro elektron jurnallar butun ilm ahli uchun manfaatli bo‘lib, o‘zining ko‘p ming sonli o‘quvchilari va kuzatuvchilariga ega. Mazkur jurnallar Samarqand davlat universitetining nomini butun dunyoga targ‘ib etayotganligini alohida taʼkidlash lozim.
      Samarqand davlat universiteti jamoasi olimga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi. Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.