Bugun Samarqand davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Rustam Ibodovning tug’ilgan kuni

    Professor Rustam Ibodov Samarqand davlat universitetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Samarqanddagi nazariy fizika maktabiga asos solgan taniqli olim nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro doiralarda ham keng e’tirof etilgan.

    Olimning o‘nga yaqin xalqaro grant va fundamental loyihalari fizika sohasi taraqqiyoti uchun xizmat qilib kelmoqda. Ayniqsa, germaniyalik hamkorlar bilan ishlab chiqqan xalqaro granti alohida tahsinga sazovordir.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi Rustam Ibodovga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi. Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.