Monografiyada tojik ma’rifatparvarlik adabiyotida lirik janrlarning shakllanish tamoyillari, mazkur davrda badiiy tafakkur tadriji, she’riy asarlarning yangilanishi, bu hodisaning tarixiy, siyosiy, ijtimoiy asoslari bayon etilgan.  XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari she’riyatining janrlar rangbarangligi, bu davrda g‘azal, masnaviy, tarji’ot, musammat, qasida kabi an’anaviy lirik turlarning evrilishi, “yangi she’r”, “milliy she’r” kabi istilohlarning yuzaga kelishi ifodalangan. Ushbu davr adabiyotida an’anaviylik va novatorlik, ma’rifatparvarlik va jadid she’riyatida badiiy san’atlarning funksional xususiyatlari, tojik ma’rifatparvarlik va Eron mashrutiyat davri she’riyatining tipologik xususiyatlari qiyosiy tarzda tadqiq va tahlil qilingan. Shuningdek, monografiyada mazkur davr she’riyatining lingvopoetik va lingvostilistik xususiyatlari ham alohida qismatlarda tavsiflangan. 
    Monografiya filolog tadqiqotchilar, bakalavrlar, magistrantlar, doktorantlar hamda adabiyot nazariyasi va tarixi sohalari  bilan qiziquvchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.

 

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.