Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalari A.S. Griboyedov nomidagi Moskva universitetida o’tkazilgan onlayn xalqaro yoshlar konferensiyasida “Psixologik va pedagogik nazariya hamda amaliyotdagi an’analar va yangiliklar” mavzusida ma’ruza qildi.
    SamDU talabalari Darya Uglova "Samarqandlik o'rta maktab o'quvchilarini kasbga yo‘naltirishning o‘ziga xos xususiyatlari”, Milana Sichkina "Kichik maktab o'quvchilarining o'zini o'zi qadrlash xususiyatlari",  Zaxrobonu Esanova "O‘smirlik davridagi tajovuz hodisasini o‘rganishning asosiy ilmiy yondashuvlari", Anjelika Zarabyan “O‘qituvchilarning chidamliligi, tadqiqotga asosiy yondashuvlar” kabi ma’ruzalari konferensiya ishtirokchilari tomonidan alohida e'tirof etildi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.