Samarqand davlat universiteti matematika fakultetiga Saudia Arabistonining Taif universiteti professorlari Azhari Abdalla Elhag Mohamed va Mohammed Mnzoollar tashrif buyurdi.

    Bundan asosiy maqsad fakultetlar o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlik masalalarini yo’lga qo’yishdir.

    Tashrif davomida xorijlik olimlar matematik modellashtirish kafedrasida bo’lib, professor-o‘qituvchi va doktorantlarga  ilmiy tadqiqot mavzulari doirasida erishgan yutuqlari va olib borayotgan tadqiqotlari bilan tanishtirdi.

    Shuningdek, kafedradaning ilmiy seminarda ma’ruza qilishdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.