Bugun Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar   murabbiysi Hotam  Umurovning tug’ilgan kuni.

    Samarqand davlat universitetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan olimni xalqimiz hassos adabiyotshunos, so‘z zargari sifatida yaxshi biladi.

    Ilmiy va pedagogik faoliyati davomida 14 fan nomzodi, 5 nafar fan doktorlarini tayyorladi. Bir qator darslik, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar, o‘quv-uslubiy tavsiyalar, adabiy-tanqidiy maqolalari e’lon qilingan.

    Sharof Rashidov, Hamid Olimjon, Sarvar Azimov, Zulfiyaxonim, Orifjon Ikromovlar hayoti va ijodini keng tadqiq etgani, ularning ma’naviy merosini xalqimizga yetkazishdagi xizmatlari alohida e’tirofga sazovor.
   

    Samarqand davlat universiteti jamoasi Hotam Umurovga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi. Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.