Samarqand davlat universiteti Xitoy universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytiradi...

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida o‘tkaziladagan O‘zbekiston-Xitoy taʼlim forumida ishtirok etadi.

    Mazkur xalqaro forum ikki davlat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda muhim platforma vazifasini o‘taydi.

    22-23 yanvar kunlari Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tadigan forumda ikki mamlakatdan 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ilm-fan vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.

    O‘zbekiston – Xitoy taʼlim forumi doirasida SamDU rektori Rustam Xolmurodovning xitoylik hamkorlar bilan bir qator muhim uchrashuvlari belgilangan:

1.Shenyang Agrar universiteti

(Шенянг Агрисултурал university);

2.Jilin xalqaro taʼlim universiteti

(Jilin International studiyes university);

3.Shimoliy-g‘arb politexnika universiteti

(Нортҳвестерн Полйтечнисал University);

4.Xeylongjiyang universiteti

 (Heilongjiang University);

    Mazkur universitetlar va boshqa oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolashi kutilmoqda.

    Ushbu hamkorlik shartnomalarida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi,  malaka oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar, qo‘shma loyihalar va taʼlim dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.