Negmat Nizomov ­– Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedra prosesssori, fizika-matematika fanlari doktori.

    Negmat Nizomov ilmiy rahbarligida 2 doktorlik va 14 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Olim fizika fanining lyuminestsentsiya sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 10 ixtiro, 1 monografiya, 300 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifidir.

    Shuningdek, bugunga qadar 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan.  55 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

    Negmat Nizomov tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan zamonaviy asboblar bilan jihozlangan molekulyar lyuminestsentsiya laboratoriyasi tashkil etildi. SamDU dagi mazkur laboratoriyada fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llaniladigan organik bo'yoqlarning eritmalari, polimer matrisalari va plyonkalaridagi fotofizik va fotokimyoviy jarayonlar o‘rganilmoqda.

    Olim “Xalq ta'limi a'lochisi”, “Mexnat faxriysi” nishonlari bilan taqdirlangan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.