Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Xitoy - O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida Shenyang Agrar universiteti, Jilin xalqaro ta’lim universiteti, Shimoliy-g‘arb politexnika universiteti, Xeylongjiyang universiteti, Xitoy Kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi.

    Mazkur shartnomalar qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo’yish, akademik hamkorlikni o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, hammualliflikda kitoblar nashr qilish, talabalarning tahsil olish uchun stipendiya dasturlarini ajratish, xalqaro konferensiyalar hamda qo’shma laboratoriyalar tashkil etish, qisqa muddatli stajirovkalar o’tash nazarda tutilgan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.