Hotam Umurov – Samarqand davlat universiteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.

    Olim faoliyati davomida 9 darslik, 12 oʻquv qoʻllanma, 35 oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 13 monografiya, 12 risola, 5 jildlik saylanma va 500 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Shuningdek, 2 maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda e’lon qilingan.

    Hotam Umurov ilmiy rahbarligida 6 fan doktorlik va 14 fan nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.