Saidahmat Laqayev - Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, "Do'stlik" ordeni sohibi.  Olimning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 65 hamda respublika ilmiy jurnallarda jami 80 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan.

    Akademik Saidahmat Laqayev chiziqli operatorlarning spektral nazariyasi va matematik fizika sohalarida xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan Matematik analiz va uning zamonaviy matematik fizikaga tadbiqlari nomli o’z ilmiy maktabini yaratgan. Olimning Scopus bazasidagi h-indeksi 15. Ilmiy rahbarligida 5 doktorlik va 23 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.