SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining bir guruh talaba va tadqiqotchilari Yaponiyaning Sakura almashinuv dasturi doirasida Tottori universitetida bo'lib turibdi.  Talabalar Tottori universitetining "Qurg‘oqchil mintaqalarni tadqiq qilish" xalqaro markaziga tashrif buyurib, mazkur markazning agrar yo‘nalisi faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, markazning tajriba maydonlari va ilmiy-tadqiqot issiqxonasida bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlarining sho‘rga chidamlilik xususiyatlari va qumli tuproqlarda mevali daraxtlar (o‘rik, bodom, chilonjiyda, pista, anor) o‘stirish texnologiyalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 
Talabalarimiz bir hafta davomida Tottori universitetining ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan tanishib, kelgusida ushbu universitetda magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish imkoniyatlarini o‘rganadilar.Shuningdek,  hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha muhokamalarda ishtirok etadilar.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati